Savolning ID si: 22496
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 51-moddasi 12-xatboshisida quyidagi qoida belgilangan: “Agar tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchi narx soʻrovini qabul qilmasa yoki rad etsa, davlat buyurtmachisi oʻz xohishiga koʻra mazkur ishtirokchi bilan shartnomani rasmiylashtirishi yoki ushbu Qonun talablariga muvofiq boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xaridni amalga oshirishi mumkin. Bunda javobgarlik davlat buyurtmachisining zimmasiga yuklatiladi”. Demak, elektron doʻkondagi savdoda narx PQ-2647 da belgilangan savdo ustamasi chegarasidan oshganda javobgarlik davlat buyurtmachisi zimmasida boʻladi. Qonunning 54-moddasi 3-xatboshisida esa quyidagi qoida belgilangan: “Auksionni oʻtkazish chogʻida ishtirokchilar auksion boshlangan paytdan e’tiboran va u tamom boʻladigan paytga qadar butun muddat ichida narx boʻyicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli”. Demak, auksion orqali savdolarda narxlar umuman chegaralanmagan.
Qarorlar, farmonlar va qonunlardagi qoidalar bir-biriga zid kelgan hollarda qonun ustuvor hisoblanishini hisobga olib, PQ-2647 dagi savdo ustamasi chegarasidan koʻproq ustama bilan tovar sotishimiz mumkin, degan fikrga keldik. Bizning fikrimiz va yuqorida keltirilgan ziddiyatga fikr bildirsangiz.
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.