PF-5996-son Farmonga koʻra imtiyoz qoʻllash imkoniyati

Savolning ID si: 22697
Biz IFUT 13201 faoliyatiga asoslangan MChJ hisoblanamiz. Yillik oʻrtacha ishchilar soni 110 taga yetib bormaydi. Prezidentning 18.05.2020 yildagi № PF-5996-son Farmoni 1-bandida 2020 yilning 1 iyunidan 1 sentyabrigacha boʻlgan davrda mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan ozod etilgan yuridik shaxslar sanab oʻtilgan. Unga koʻra ushbu soliqlardan ozod etilganlar: kichik tadbirkorlik sub’yektlari, bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti korxonalari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, shuningdek, yoʻlovchi tashish, maishiy xizmatlar koʻrsatish, binolarni, shu jumladan banketlar oʻtkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar. Soliq tekshiruvchisi "Sanab oʻtilgan yuridik shaxslar kichik tadbirkorlik sub’yektlari boʻlsagina imtiyoz qoʻllanishi mumkin, sizlarning korxonangiz imtiyozga tushmaydi", deb oʻsha davr uchun soliq toʻlashimiz kerakligini aytyapti.
Bizning MChJ № PF-5996-son Farmonda koʻrsatilgan davrda mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan ozod etilgan yuridik shaxslar roʻyxatiga kiradimi, ya’ni ushbu imtiyoz biz uchun xam qoʻllaniladimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock