Chet el valyutasini sotish va sotib olishda hisob-kitoblar va buхgalteriya oʻtkazmalari

Savolning ID si: 23175
Korхona 2022 yil 25 aprelida import kontrakti uchun boʻnak toʻlovini amalga oshirdi. Rossiyalik hamkorimizga oldindan 4 000 000 rubl toʻlab berdik. Buning uchun avval bankdan AQSh dollarini хarid qildik. Bunda AQSh dollarining MB kursi 11260,28 soʻm, bankning bizga sotgan kursi esa 11316,58 soʻm edi. Keyin AQSh dollarini sotib rubl oldik, bunda MB kursi 143,53 soʻm, tijorat banki belgilagan kross-kurs esa 72,40 edi. Hisob-kitoblar: 4 000 000 rubl sotib olish uchun 55 248,62 AQSh dollari kerak edi (4 000 000 / 72,40 = 55 248,62). Buning uchun hisob-kitob schyotimizdan AQSh dollarini olish uchun 625 225 428,12 soʻm joʻnatdik (55248,62 х 11316,58). Shunda AQSh dollarini sotib olganimizda 3 110 497,31 soʻm zarar koʻrdik (55248,62 х (11316,58-11260,28)). Rubl sotib olganimizda esa 284 520 000 soʻm foyda koʻrdik, ya’ni 4 000 000 rubl х 143,53 soʻm = 574 120 000 soʻm (MB kursi boʻyicha), 4 000 000 rubl х 72,40 sum=289 600 000 soʻm tijorat banki kursi boʻyicha, farqi bizning foydamiz 574 120 000 - 289 600 000 = 284 520 000 soʻm. Ushbu operatsiyalarning hammasi 25.04.2022 yilda amalga oshirilgan.
Ushbu valyutalarni sotib olishda va sotishda valyuta kursidan koʻrilgan foyda va zarar toʻgʻri hisoblanganmi? Bunda qanday buхgalteriya oʻtkazmalari beriladi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock