AV boʻyicha ilgari hisobga olingan QQSga tuzatish kiritish
Savolning ID si: 23713
Korхona 2 yil oldin uskuna хarid qilgan edi. Uning boshlangʻich qiymati 1 000 000 soʻmni tashkil etib, хarid qilish paytida toʻlangan va hisobga olishga kiritilgan QQS – 150 000 soʻm. Amortizatsiyaning normasi yillik 20% miqdorida oʻrnatilgan boʻlib, amortizatsiyani hisoblash usuli – toʻgʻri chiziqli. Uskuna 2 yil davomida foydalanilgan holda, u 40%ga amortizatsiya qilingan, tegishincha, uning qoldiq qiymati 600 000 soʻmni tashkil etadi. Qayta baholash amalga oshirilmagan. Endilikda, biz uskunani 600 000 soʻm qoldiq qiymati boʻyicha utilizatsiya qiladigan boʻldik. Biz ushbu asosiy vositaga tegishli boʻlgan hisobga olishga kiritilgan QQSni, SKning 269-m. 5-q.ga muvofiq qayta tiklashimiz lozim.
Korхona 150 000 soʻm miqdoridagi QQSni qayta tiklashi lozimmi yoki 90 000 soʻm miqdoridagi QQSni qayta tiklashi lozimmi?
Ekspertlarning javoblari: