Ta’lim uchun haq toʻlanganda onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklarini urib berish
Savolning ID si: 23799
Korхona ta’lim хizmatlarini koʻrsatadi. Virtual kassa oʻrnatiladi. Daromadlar, hisoblash usuli boʻyicha tan olinishi sababli, ta’lim oluvchilarni ota-onalarining JShShIRga har oyda EHF taqdim etiladi. Joriy oyda ta’lim uchun toʻlovni amalga oshirgan ota-onalar uchun QR-kodli virtual kassa cheki urib beriladi. Cheklarning summalari avtomatik ravishda soliq solinadigan bazaga borib oʻtiradi va QQS boʻyicha soliq hisobotida aks ettiriladi.
Ba’zida ota-onalar ta’lim pulini oʻz vaqtida toʻlashmaydi. Masalan, 3 oy davomida ta’lim uchun haq toʻlanmasdan qoladi, ota-onaning JShShIRga har oyda EHF taqdim etilib kelinadi, 3 oydan soʻnggina ota-ona keladi va qarzni qoplab beradi. U toʻlangan haqning butun summasiga QR-kodli chekni talab qiladi. Agar bunday chek urib beriladigan boʻlsa, toʻlov summasi avtomatik ravishda ikkinchi marotaba soliq bazasiga qoʻshiladi, chunki birinchi marotaba chek urilganda ham EHFdagi tegishli summalar qoʻshilgan boʻladi.
Agar ta’lim uchun toʻlov ota-ona tomonidan bir necha oyga kechiktirilgan holda amalga oshirilsa, bu vaziyatda virtual kassaning cheki qanday urib beriladi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.