Tovar importida QQSni hisobga olish

Savolning ID si: 24646
Kompaniyamiz (хaridor) bilan mahalliy kompaniya (sotuvchi) oʻrtasida import tovarini CPT Incoterms-2020 shartlarida shartnoma boʻyicha tomonlar birgalikda kelishgan ma’lum t/y stansiyasigacha yetkazib berish shartnomasi tuzilgan. Shartnoma milliy valyutada tuzilgan. Tovarning yetkazib berilishi uchun toʻlovlar toʻlov kunidagi MB kursi boʻyicha soʻmda amalga oshiriladi. Shartnoma shartlariga binoan, ushbu shartnomaning tuzilishi va bajarilishi munosabati bilan barcha soliqlar, bojхona bojlari va boshqa bojlar tovar yetkazib berilgan paytdan boshlab хaridor tomonidan toʻlanishi kerak. Tegishincha, tovarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida bojхonada rasmiylashtirish tartib-taomillari hamda IM-40 bojхona rasmiylashtiruvida tovarning importi uchun QQS toʻlash majburiyati kompaniyamiz zimmasiga yuklatiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan hamda QQS toʻlovchisi sertifikatiga ega boʻlgan sotuvchi bizga tovarni yetkazib berish qiymatiga QQSni hisobga olgan holda elektron hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart. Kompaniyamiz umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisi, QQS toʻlovchisi.
Tovar importi uchun bojхonaga toʻlangan QQSni, shuningdek sotuvchidan olingan tovarni yetkazib berish uchun hisobvaraq-faktura boʻyicha QQSni hisobga olishga haqlimizmi?
Ekspertlarning javoblari:
🌸Bahorgi aksiya: 31 martgacha – Buxgalter Pro saytiga 15% chegirma.

Servis imkoniyatlarini baholash va chegirmali tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock