Fermer xoʻjaligi sotib olgan yer uchun soliq hisob-kitobi

Savolning ID si: 24684
Fermer xoʻjaligi oʻz ehtiyojlari uchun Fargʻona shahrida 1,6756 gektar yer maydonida joylashgan koʻchmas mulkni (bino-inshootlar) sotib olgan. Ushbu mavjud bino va naveslardan qishloq xoʻjaligi texnikalari, mineral oʻgʻitlar hamda tayyor mahsulotlarni saqlashda foydalanib kelmoqda. Koʻchmas mulk maydonidan samarali foydalanish maqsadida ochiq maydonlardan mevali bogʻ hamda issiqxona tashkil etilib, qishlok xoʻjalik mahsulotlari yetishtirilmokda. «Uzdaverloyiha» davlat ilmiy loyiha institutining Fargʻona boʻlimi xodimlari joyiga chiqib oʻrganib, ma’lumotnoma taqdim etishdi. Ma’lumotnomada yer maydonlari qishloq xoʻjaligiga taalluqliligi koʻrsatib oʻtilgan. Fermer xoʻjaligi foydalanayotgan ushbu yer maydoni uchun soliq idorasi xodimlari «qishlok xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar» toifasi boʻyicha soliq toʻlanishini talab etmoqdalar. Talablarini bajarmaganligimiz uchun esa hisob raqamimizni berkitib qoʻyishdi. Bu esa ekinlarni ekish va bahorgi ishlarni amalga oshirishimizga toʻsqinlik qilmoqda.
Fermer xoʻjaligi balansidagi bino inshootlar egallagan yer maydonlari boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga belgilangan stavkalarda yer soligʻi hisob-kitob qilish kerakligi toʻgʻrimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock