Lizing ob’yekti chiqib ketishidan zarar koʻrilganda foyda soligʻi

Savolning ID si: 24755
Lizing shartnomasiga binoan korхona 2018 yilning dekabr oyida binoning bir qismini lizingga oldi. Lizing ob’yektining qiymati 3 523 mln soʻm boʻlgan. 2018 yilda korхona YaST toʻlovchisi hisoblangan. 2019 yil 1 yanvarda ob’yekt foydalanishga joriy qilingan boʻlib, amortizatsiya ajratmalari hisoblangan va korхona QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan. Korхona soʻndirish jadvaliga muvofiq asosiy qarz va foizlarni soʻndirgan. 2022 yil oktyabrida korхonada 2 624 mln soʻm miqdorida soʻndirilmagan asosiy qarz qoldigʻi qolgan. Kelgusida u lizing toʻlovlarini amalga oshirishga qodir boʻlmasdan, lizing beruvchi lizing ob’yektini qaytarib olib, boshqa yuridik shaхsga topshirgan. Korхonada lizing ob’yekti (AV)ning chiqib ketishidan zarar yuzaga kelgan.
Bu zarar foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegiriladimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock