Savolning ID si: 2545
Assalomu alaykum hurmatli tahririyat. Men Andijon shahridagi koʻp qavatli uylardan birida istiqomat qilaman va shu uyda doimiy roʻyxatda turaman. Xonadonim birinchi qavatda joylashgan. Uning oldida taxminan 2 (ikki) sotix oʻlchamdagi yer maydoni (ogorod) bor. Yaqin-yaqingacha bu yer maydoni obodonchiligi uchun oʻzim bosh-qosh boʻlib turardim. Bundan 5 yil oldin bu yer maydonidagi kichik temir panjaralar olinib, undagi daraxtlar xam kesib tashlandi. Aytishlaricha, bu viloyat hokimligining buyrugʻi bilan amalga oshirilibdi. Natijada yer maydoni huvillab, chiqindixonaga aylandi. Bu orada xizmat faoliyatim tufayli Toshkent shahridagi korxonalardan biriga ishga keldim. Andijondagi uyimdan esa faqat har oyning oxirida borganimda xabar olib turaman. Shunday boʻlsa-da Andijondagi uyim oldidagi yer maydonining obodonchiligi doim e’tiborimdan chetda qolmaydi. 2014 yil mart oyida u yerga Uy-joy shirkati tavsiyasi bilan oʻz mablagʻim hisobiga 6 ta manzarali archa va 15 ta mevali daraxt oʻtqazdim. U yerdagi yigʻilgan chiqindilarni ham oʻz mablagʻim hisobiga tozaladim. Har gal yer maydoni obodonchiligi uchun oʻzim harakat qilaman. Shunday boʻlsa ham yer maydoniga chiqindilar tashlash holati davom etmoqda. Oʻtqazilgan manzarali daraxtlarni esa payhon qilib tashlashgan. Bu holat yuzasidan Uy-joy shirkati raisi ham, koʻp qavatli uyimizning boshligʻi (domkom) ham hech qanday izoh bermay kelmoqda. Shirkat odida mening hech qanday qarzim yoʻq. Kommunal toʻlovlarni, shirkatning boshqa yigʻimlarini har doim oʻz vaqtida toʻlab boraman. Hurmatli tahririyat, yuqoridagi holatdan kelib chiqib mening quyidagi savollarimga oydinlik kiritib berishingizni soʻrayman: 1) Oʻzim istiqomat qiladigan uyim oldidagi yer maydoni (ogorod)ga nisbatan mening haq-huquqim qanday? 2) Yer maydoni (ogorod)larning obondonchiligi aslida kimning zimmasida? 3) Uy-joy shirkati va koʻp qavatli uyda istiqomat qiluvchilarning huquqlari va majburiyatlari nimalardan iborat? 4) Uy-joy shirkati koʻp qavatli uyda istiqomat qiluvchilardan qanday moliyaviy toʻlovlarni yigʻishga haqli? Jumladan, har yilning oxirida
Hurmatli tahririyat, yuqoridagi holatdan kelib chiqib mening quyidagi savollarimga oydinlik kiritib berishingizni soʻrayman: 1) Oʻzim istiqomat qiladigan uyim oldidagi yer maydoni (ogorod)ga nisbatan mening haq-huquqim qanday? 2) Yer maydoni (ogorod)larning obondonchiligi aslida kimning zimmasida? 3) Uy-joy shirkati va koʻp qavatli uyda istiqomat qiluvchilarning huquqlari va majburiyatlari nimalardan iborat? 4) Uy-joy shirkati koʻp qavatli uyda istiqomat qiluvchilardan qanday moliyaviy toʻlovlarni yigʻishga haqli? Jumladan, har yilning oxirida bizdan oʻzimiz yashaydigan xonadonning necha xonadan iboratligiga qarab, yillik “uy toʻlovi” undiriladi. Bu “toʻlov” turi qanaqa majburiy toʻlov ekanligiga oydinlik kiritishingizni soʻrayman. 5) Uy-joy shirkati koʻp qavatli uyda istiqomat qiluvchilardan yigʻgan moliyaviy toʻlovlarni qanday maqsadlarga yoʻnaltirishi shart? 6) Uy-joy shirkati faoliyati qoniqtirmasa kimga shikoyat qilish mumkin?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock