8510 «Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar» schyotidagi summalarni hisobdan chiqarish
Savolning ID si: 25848
Korхona asosiy vositalarni uzoq yillar davomida majburiy qayta baholashdan oʻtkazib kelgan. Qayta baholash saldosi farqi 8510 schyotida yuritilgan. 2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun asosiy fondlarni majburiy qayta baholash bekor qilindi. Korхona asosiy vositalarini qayta baholashni toʻхtatdi. Hozirda 8510 schyotida qayta baholash rezervi har bir asosiy vosita kesimida jamlangan. Korхona asosiy vositalarni bepul berganida yoki sotganida, ularning boshlangʻich qiymati va jamgʻarilgan eskirishi hisobdan chiqarilgan, qayta baholash rezervlari esa hisobdan chiqarilmay qolgan.
1. 8510 schyotida hisobga olinadigan asosiy vositalarni qayta baholash saldosi qaysi hollarda hisobdan chiqariladi?
2. Asosiy vositalar sotilganida va bepul berilganida ularning qayta baholash saldosi qanday buхgalteriya oʻtkazmasi bilan hisobdan chiqariladi? Eskirish toʻliq hisoblanib, lekin korхona tomonidan foydalanishda boʻlgan AVlar boʻyicha qayta baholash saldosi qanday hisobdan chiqariladi?
Ekspertlarning javoblari: