Aynan bir davr va predmet boʻyicha soliq tekshiruvi oʻtkazilmasligi

Savolning ID si: 26355
Korхonada 2023 yil mart oyida 2022 yil yanvar-dekabr oylaridagi QQS va foyda soligʻi toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va byudjetga toʻlanishi kameral soliq tekshiruvidan oʻtkazilgan. Bundan avval 2022 yilning noyabr oyida 2022 yil yanvar-sentyabr oylaridagi QQS va foyda soligʻi toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va byudjetga toʻlanishi kameral soliq tekshiruvidan oʻtkazilgan edi. Joriy kameral soliq tekshiruvida korхona tomonidan sotilgan mahsulotlarning pul tushumi tovar aylanmasida aks ettirilganligi va haqiqatda tovarlar yetkazilganligi tekshirilgan. Bundan avvalgi kameral soliq tekshiruvida korхonaning EHFlari bilan hisobotlardagi koʻrsatkichlari solishtirilgan holda tekshirilgan edi. Prezidentning 2022 yil 13 sentyabrdagi Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibiri takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi № PQ-374-son Qarori 3-bandida nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik sub’yektining ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va ob’yekti boʻyicha qayta tekshiruv oʻtkazishga va tadbirkorlik sub’yekti tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emasligi, Qarorga ilovaning 28-bandida esa tekshiruvni oʻtkazayotgan nazorat qiluvchi organ tomonidan ilgari tekshirilgan faoliyat davri, predmeti va ob’yekti boʻyicha qayta tekshiruv oʻtkazilmasligi belgilangan.
Ushbu qarorda aytib oʻtilgan «predmeti» tushunchasini qanday izohlash mumkin?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock