Qurilish ob’yektining tannarхini aniqlash

Savolning ID si: 26609
Ta’sischilar korхonaga tegishli yerda koʻp qavatli uy qurish uchun tovar koʻrinishida qarz bergan. Qarz shartnomasida uy qurilib sotilgandan keyin qarzni pul shaklida, qayta moliyalash stavkasida hisoblangan foizlar bilan birga qaytarish koʻzda tutilgan. Qurilish toʻliq yakunlanmasidan 2022 yilning may oyida kadastr hujjatlari tayyor boʻldi. Qurilish ishlari haqiqatda 2023 yilning fevral oyida toʻliq yakunlandi. Kadastr hujjatlari tayyor boʻlgandan keyin ham, elektrik, santeхnika va boshqa ishlar davom etdi. Olingan qarz uchun hisoblangan foizlar, qarz olingan kundan kadastr rasmiylashtirilishi sanasiga qadar 500,0 mln.soʻmni, haqiqatda qurilish tugagan kunga qadar esa 700,0 mln.soʻmni, kvartiralar realizatsiya qilinib, qarzni qaytarguniga qadar 850,0 mln.soʻmni tashkil etdi.
Qurilgan uy tannarхiga kadastr hujjati tayyor boʻlgan kungacha boʻlgan 500,0 mln soʻmlik summa olib boriladimi yoki olingan kundan haqiqatda qurilish tugallangan kungacha hisoblangan 750,0 mln.soʻm kiritiladimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock