Kassa operatsiyalarini yuritish tartibini buzishda jarimalar
Savolning ID si: 26771
Chakana savdo bilan shugʻullanuvchi korхona QQS toʻlaydi, savdo doʻkoni onlayn-NKM bilan jihozlangan. Bir kunlik savdo tushumi 50-60 mln.soʻm atrofida. Kassadagi pul mablagʻi yigʻib boriladi, direktor vaqti boʻlganida bankka borib topshiradi. Masalan, ikki haftada bir, ba’zida bir oyda bir oyning oхirgi kunida bankdagi hisob raqamga savdo tushumi topshiriladi. Oʻtgan oyning oхirgi sanasida bankka topshirilgan naqd pul savdo tushumi onlayn-NKMga urilgan chek summalaridan 100 mln.soʻmga koʻp topshirilganligi aniqlandi. Aniqlangan vaqtning oʻzida onlayn-NKMga qoʻshimcha 100 mln.soʻmga chek urilib, bankka topshirilgan nakd pul summasi va onlayn-NKMga urilgan savdo tushumi summalari bir-biriga mos keladigan qilindi.
Korхona adashganligi sababli bank kassasiga ortiqcha pul topshirsa va ushbu farq summasi onlayn-NKMga qoʻshimcha chek urib toʻgʻirlansa, bunda korхonaga nisbatan jarima qoʻllanilishi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari: