Koʻchmas mulkning mulkdori oʻzgarganida EHF rasmiylashtiriladimi
Savolning ID si: 26889
Bank A korxonaga 4 yil muddatga 1 mlrd soʻmlik (QQS bilan) koʻchmas mulkni 20 % oldindan toʻlov asosida boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan berdi. Bunda koʻchmas mulk boʻyicha mulk xuquqi sotuvchi ixtiyorida qoldirilib, qarzdorlik toʻliq qoplanganidan soʻng xaridorga oʻtkazib berishga kelishildi. Xaridorga belgilangan tartibda bank tomonidan ESF taqdim etildi va byudjetga soliq toʻlovi amalga oshirildi. Xaridor ikki yil davomida koʻchmas mulk qiymatining 40 %ini toʻladi. Uchinchi yilga kelib A korxona moliyaviy qiyinchilik sababli qarzni toʻlay olmasligi ma’lum qildi. Bank, A va V korxona oʻzaro kelishgan holda uch tomonlama qarzni oʻtkazish shartnomasi orqali qolgan qarzdorlik V korxona nomiga oʻtkazildi. A va V korxonalar koʻchmas mulkning dastlab toʻlangan qismini oʻzaro hisob-kitob qilishi kelishib olindi. Koʻchmas mulkning qolgan qiymatini bankka V korxona toʻliq toʻladi, bank esa koʻchmas mulk boʻyicha mulk huquqini V korxonaga oʻtkazib berdi.
Ushbu vaziyatda bank V korxonaga koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishida natijasida bankda QQS toʻlash boʻyicha majburiyat yuzaga keladimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.