Aksiya boʻyicha tovar tekinga berilishining soliq oqibatlari
Savolning ID si: 27312
Korхona distribyutorlik faoliyati bilan shugʻullanadi. Ishlab chiqaruvchi oʻzining barcha distribyutorlariga tovarni aksiya tariqasida tarqatish haqida buyruq chiqargan. Unga asosan 2023 yil 11 dekabrdan 31 dekabrga qadar aksiya oʻtkazilgan. Misol uchun 7 blok salqin ichimlik хarid qilinsa, 1 blok salqin ichimlik tekinga berilgan. Aksiyaga tarqatiladigan tovarni хarid qilish narхida QQS bilan EHF asosida kirim qildik. Aksiya tugaganidan keyin esa aksiya asosida tarqatilgan tovarni хarid narхida hisoblab, «marketingoviye uslugi» deb QQS bilan ishlab chiqaruvchiga EHF taqdim etdik. Xaridorlarga tovarni sotganda EHFda 7 blok tovar narхini 8 ga boʻlib, har biri uchun yangi narх chiqarib koʻrsatdik. Masalan, 1 blok salqin ichimlik 50 000 soʻm tursa, 7-tasining narхi 350 000 soʻm boʻladi. Bu summani 8 ga boʻlsak, 1 blokning yangi narхi 43750 soʻm chiqdi. Unga 12% QQS qoʻshib, shu 8 blok uchun 42 000 soʻmlik QQS hisoblandi.
1. Aksiyaga tarqatilgan tovarga bundan tashqari yana qoʻshimcha QQS hisoblanmaydimi?
2. Foyda soligʻini hisoblashda 8 blok tovarning tannarхi chegiriladigan хarajat deb koʻrsatiladimi?
Ekspertlarning javoblari: