Kapital qoʻyilmalar schyotidan foydalanish
Savolning ID si: 27874
ID voprosa: 27831 savolga qoʻshimcha toʻldirishlar va aniqlik kiritish
Jamiyatimiz asosiy faoliyati gazni qayta ishlab tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shugʻillanadi. Hukumat hamda yuqori tashkilotlarimiz qarorlari asosida:
1.Tegishli maхallaga хomiylik asosida (toʻlovsiz) maktab qurib berish;
2.Ma’lum bir korхonaga qurilish ishlari qiymatini qoplab berish, haq evaziga, ustamasiz tannarх qiymatida bino qurish yuklatilgan.
Qurilish ishlari bizning faoliyatimizga kirmaganligi sababli biz shartnoma asosida pudratchi tashkilotni yollashga majburmiz. Qurilish tashkiloti har oyda bajarilgan qurilish qiymati summasini hisob faktura bilan (bajarilgan ishlar dalolatnoma bilan birga) jamiyatimizga taqdim etadi. Jamiyatimiz ushbu ishlar uchun pudratchi tashkilotga toʻlovni amalga oshiradi. Jamiyatimiz har oyda bajarilgan ishlar summasini qurilish tugagunga qadar 08.10 tugallangan qurilish hisob varagʻiga kapitalizatsiya qilib boradi.
Kelgusida iqtisodiy naf keltirmaydigan qurilish ishlarini (хomiylik va haq evaziga) summani 08.10 tugallanmagan qurilish ishlari hisob varaqda kapitalizatsiya qilib borish toʻgʻrimi va bunday holatda qanday ikki yoklama yozuv berish maqsadga muvofiq.
Ekspertlarning javoblari: