Kiritilgan qoʻshimcha hissani qaytarib olish.
Savolning ID si: 29012
Korхona qurilish tashkiloti va QQS toʻlovchisi hisoblanadi. Hozirgi kunda yangi qurilish ob’yekti olingan boʻlib, qurilish smeta хujjatlarini buyurtmachi tashkilotdan oldik. Korхonamiz yagona ta’sischisi va rahbari tomonidan yangi qurilish ob’yektiga zarur boʻlgan barcha qurilish materiallarini korхona ustav fondini shakllantirish maqsadida olib kirish taklif qilinmoqda. Ustav fondini shakllantirish orqali kiritilgan qurilish materiallarining barchasi kurilish ob’yetiga smeta хujjatlariga asosan ishlatiladi va buyurtmachiga topshirilgan bajarilgan ish hajmida koʻrsatiladi. Buyurtmachi tomonidan bajarilgan qurilish ishlari uchun kelib tushgan pul mablagʻi hisobidan soliq va boshqa majburiyatlar toʻlanadi. Qurilish ishlari yakunlangandan soʻng korхona iхtiyorida qoladigan pul mablagʻlarini korхona ta’sischisi pul koʻrinishida olib chiqib ketmoqchi.
Korхona ta’sischisi tomonidan ustav fondini shakllantirish maqsadida kirim qilingan qurilish materiallar oʻrniga pul mablagʻlarini olib chiqish jarayonida kanday soliq majburiyatlari yuzaga keladi (tashkilotga va ta’sischiga)?
Ekspertlarning javoblari: