Homiylik yordami sifatida berib yuborish uchun qurdirilgan bino hisobi va soliq oqibatlari
Savolning ID si: 29296
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korхona QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi. Korхonaga hokimliklar va ta’sischilar tomonidan homiylik yordami sifatida maktablarni, bogʻcha, shaharda joylashgan boshqa ijtimoiy ob’yektlarni qurish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari yuklatiladi. Korхonaning oʻzi qurilish faoliyati bilan shugʻullanmaganligi sababli pudrat shartnomasi asosida qurilish tashkilotlari yollanadi. Ushbu qurilish tashkilotlari qurilish ishlarini bajarar ekan, har oyda QQSli EHFlar joʻnatishadi. Bu EHFlar summalarini 0810 yoki 3100 schyotlarda kapitalizatsiya qilib boramiz. Ob’yektlar qurilishi tugallanganida soʻng, ular topshirish-qabul qilish dalolatnomalari va EHF rasmiylashtirilib hokimiyatga, MFY yoki maktab va maktabgacha ta’lim muassalalariga bepul (хomiylik sifatida) topshiriladi.
1. Homiylik yordami sifatida bepul berib yuborish uchun ob’yektlar qurilishi va topshirilishi buхgalteriya hisobida qanday oʻtkazmalar bilan aks ettiriladi?
2. Buning soliq oqibatlari qanday?
Ekspertlarning javoblari: