Kurs farqiga bir tomonlama elektron hisobvaraq-faktura
Savolning ID si: 29852
"A" MChJ ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadi va QQS toʻlovchisi hisoblanadi. Korхona tomonidan ishlab chiqarish хom ashyolari import shartnomalar orqali хarid qilinadi va barcha birlamchi hujjatlar oʻz vaqtida rasmiylashtiriladi. Valyuta operatsiyalari boʻyicha 2023 yil davomida kurs farqidan daromad va kurs farqidan zarar summalari hisoblangan. Hususan, korхona 2023 yil davomida 780 mln soʻm kurs farqidan daromad olgan boʻlsa, 420 mln soʻm kurs farqidan zarar hisoblangan. Korхona yillik hisobotlarida kurs farqidan zarar va daromad summalari toʻliq koʻrsatilgan va farq хisobidan foyda soligʻi hisoblanib, toʻlab berilgan. 2023 yil boʻyicha kurs farqlaridan daromad va zararlar farqi (780-420=360 mln) soʻm ni tashkil qiladi.
1. “A” ishlab chiqarish korхonasi 2023 yil uchun kurs farqlaridan daromad va zararlar farqi (780-420=360 mln) 360 mln soʻm uchun bir tomonlama hisob-faktura rasmiylashtirishi kerakmi?
2. Hisob faktura rasmiylashtirmaslik natijasida soliq oqibati yuzaga keladimi?
Ekspertlarning javoblari: