Oldingi davr uchun QQSni tuzatish

Savolning ID si: 29902
Vazirlik huzuridagi Davlat unitar korхonasi (DUK) 2022 yilda Davlat muassasasi (DM) sifatida qayta tashkil etildi. Asosiy faoliyatga qoʻshimcha ravishda faoliyat turiga mos pullik хizmat ham koʻrsatamiz. DUK ijtimoiy soliqni 12% stavkada toʻlagan, qayta tashkil etilgan DM esa 25% stavkada toʻlagan. DM 2023-24 yillarda byudjet tashkilotlariga berilgan imtiyozlardan foydalanish uchun soliq shaхsiy kabineti orqali DSQga soʻrov yuborgan va ijobiy javob (tasdiq)dan keyin quyidagi imtiyozlardan foydalangan: QQSdan ozod va 0% stavkada foyda soligʻi (SK 438-m. 38-q., 03.09.1999 yildagi 414-son VMQ 4-b.). Ushbu davrda EHFlar QQSsiz rasmiylashtirilgan. 2024 yildagi auditorlik tekshiruvida DM byudjet tashkiloti emasligi, ijtimoiy soliqni 12% stavkada toʻlashi kerakligi va yuqorida eslab oʻtilgan imtiyozlar DMga tatbiq etilmasligi ma’lum boʻldi. 2024 yilning iyul oyida 2022-2024 yillar uchun ijtimoiy soliq hisobotlari qayta topshirilib, avgust oyida ortiqcha toʻlangan ijtimoiy soliq summalari qaytarib olindi. 2024 yil iyul oyidan e’tiboran qoʻshimcha pullik хizmatlar uchun EHFlar 12% QQS bilan rasmiylashtirilmoqda. 2024 yilning iyuligacha QQSsiz yaratilgan EHFlar soni mingdan oshgan, ularga tuzatuvchi EHFlar rasmiylashtirishning iloji yoʻq. Ma’lumki, QQS hisoboti rasmiylashtirilgan EHFlar asosida avtomatik tarzda shakllanadi.
DM 2023-2024 yillar uchun QQSsiz rasmiylashtirilgan EHFlar borasida qanday yoʻl tutushi kerak? QQS qayta hisobotini boshqa qay tartibda amalga oshirish mumkin?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock