Xodim sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi sababli amalga oshirilgan toʻlovlarning soliq oqibatlari
Savolning ID si: 30223
2024 yilning mart oyida ishlab chiqarish sexida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida korxona xodimining sogʻligʻiga shikast yetdi. Korxona tomonidan hodimning barcha davolanish xarajatlari summasi oʻz vaqtida qoplab berildi. Oʻz navbatida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta kompaniyasi tomonidan bir martalik hamda qoʻshimcha toʻlovlar xodimga toʻlab berildi. Hozirgi kunda tegishli tibbiy tashkilotlar hulosalariga koʻra xodim mehnatga layoqatsiz deb topildi. Korxona tomonidan xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan biryoʻla 79 mln soʻm miqdorida toʻlov amalga oshirib berildi. Mazkur toʻlov xodimga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar oʻrnini qoplash uchun toʻlangan.
1. Korxona tomonidan biryoʻla toʻlab berilgan 79 mln soʻm miqdoridagi moddiy yordamdan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisoblanadimi?
2. Korxona tomonidan xodimning davolanish xarajatlarini qoplab berilganligi qanday soliq oqibatlarini keltirib chiqaradi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.