Metan gaz toʻldirish faoliyati

Savolning ID si: 30332
MChJ qurilish tashkiloti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan (XXTUT – 61110). Shuningdek jamiyatga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shaxobchasi ham bor. Jamiyatning 2015 yil boʻyicha jami tushumidagi faoliyat turlari boʻyicha ulushlar quyidagicha: mahalliy qurilish ishlari – 10%, chet el valyutasidagi qurilish ishlari – 78,5 %, siqilgan gaz (metan) sotuvi – 61%, boshqalar – 5,5%. Jamiyatda 2015 yil soliq tekshiruvi oʻtkazilayotganda savollar paydo boʻlmoqda. Soliq idoralari xodimlari siqilgan gaz (metan) sotish faoliyati savdo faoliyati hisoblanadi, deyishmokda. Korxonamiz esa buni ishlab chiqarish, demoqda. Aslida tabiiy gaz kompressorga keladi, kompressorda qayta ishlanib keyin avtomobillarga quyiladi. Yillik yagona soliq hisob kitobini jamiyat quiydagicha hisob kitob qilgan: chet el valyutasiga bajarilgan ishlar jami yillik daromadning asosiy qismini tashkil qiladi, shu sababli yagona soliq stavkasini xamma faoliyatlar uchun (jumladan metan gaz sotish uchun) ham 2,5% (5% lik solik stavkasini 50% foiz kamaytirilgan xolda) stavkadan soliq hisob kitob qilingan, lekin soliq idoralari xodimlari har bir faoliyat alohida hisob qilmoqdalar.
Siqilgan gaz(metan) sotish faoliyati savdo faoliyatimi yoki ishlab chiqarish faoliyati hisoblanadimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock