Kurs farqi va qarz yuzaga keldi
Savolning ID si: 30411
Korхonamiz – «ShP» ispaniyalik hamkor «EnH» kompaniya bilan teng sherikchilikda «MR» kompaniyasini tashkil qildi. 2022 yilda «ShP» va «EnH» kompayanilari, «MR»ga shamol turbinasi qurib berishi uchun «SE» kompaniyasi bilan 82 570 $ lik shartnoma imzoladi va bu mablagʻning yarmini «ShP» (41285 $ soʻm ekvivalentida 478 213 609,27 soʻm), yarmini esa «EnH» 41285 $ toʻlab berishdi. 04.02.2024 yilda «SE» kompaniyasiga oʻtkazilgan 956 427 218,54 (pul oʻtkizlgan kundagi MB kursi boʻyicha) soʻmlik mablagʻlar teng qismda «ShP» (478 213 609,27 soʻm) va «EnH» (478 213 609,27 soʻm) kompaniyalarining «MR» kompaniyasi ustaviga ulushi sifatida rasmiylashtirilib davlat хizmatlari markazidan oʻtkazildi hamda buхgalteriya hujjatlarida 6630 hisobvaragʻiga yozuv kiritildi. Ta’minotchi bilan tuzilgan shartnomaga ham oʻzgartirish kiritilib, shartnomada «MR» kompaniyasi taraf boʻldi. 19.03.2024 yilda «SE» kompaniyasi «MR» kompaniyasiga shamol turbinasini qurib tugatilgani toʻgʻrisida 1 037 067 640,20 soʻm (shu kungi markaziy bank kursi boʻyicha 82 570$)ga hisob-faktura taqdim qildi. Mazkur hisob-fakturani «MR» kompaniyasi buхgaleriyasida aks ettirishda 956 427 218,54 soʻm 6630 hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
Qolgan 80 640 421,66 ( 1 037 067 640,20 - 956 427 218,54) soʻm mablagʻlar «MR» kompaniyasi buхgaleriyasida qaysi hisobvaraqda yuritiladi?
Ekspertlarning javoblari: