QQS qoplash uchun ariza berilganda tekshiruv oʻtkazilgan davr uchun qayta tekshiruv oʻtkazish
Savolning ID si: 31366
Korхona 2024 yil QQS summasini qaytarib olish boʻyicha ariza bilan soliq organlariga murojaat qilgan va shu yilning oktyabr oyida QQS summasi qaytarib olingan.
2025 yil fevral oyida QQS summasini qaytarib olish uchun yana ariza berildi. Endi fevralda berilgan ariza boʻyicha kameral tekshiruvda soliqchilar oʻtgan yili sentyabr oyida sotilgan avtomashinaning narхi bozor bahosidan 90% past deb tuzatish kiritishmoqchi. Haqiqatda ham avtomashina bozor bahosidan past sotilgan, lekin 13.09.2022 yildagi PQ-374ning 3-bandiga asosan nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik sub’yektining ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va ob’yekti boʻyicha qayta tekshiruv oʻtkazishga va tadbirkorlik sub’yekti tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emas deyilgan. Soliqchilarga yuqorida keltirilgan PQni aytilsa, ular soliq tekshiruvini da’vo muddati davomida oʻtkazishga haqlimiz, chunki bu Soliq kodeksi 138 modda 9-qismiga asosan Kameral soliq tekshiruvi ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan da’vo muddati oʻtmagan soliq davrlariga nisbatan oʻtkazilishi mumkin deyilgan deyishdi. Hamda Kodeks Qonun va normativ huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida qonunga asosan Prezident Qaroridan ustun boʻladi deyishmoqda.
Mazkur holatda soliqchilar ilgari tekshiruv oʻtkazilgan predmet va ob’yekt boʻyicha tekshiruv oʻtkazib, soliq summasiga tuzatish kiritishga haqlimi?
Ekspertlarning javoblari: