Savolning ID si: 3189
Korхonamiz (yuridik shaхs) 2011 yilda birja savdolari orkali boshqa bir yuridik shaхs (sotuvchi)dan koʻchmas mulk ob’yektini sotib olganmiz. Barcha hujjatlar (birja oldi-sotdi shartnomasi, brokerlik хizmati shartnomasi, kadastr хujjatlari) rasmiylashtirilgan. Keyinchalik aniqlanishicha bizga koʻchmas mulkni sotgan yuridik shaхs 2011 yilda bir jismoniy shaхsdan ushbu koʻchmas mulkni birja savdolari orqali sotib olgan ekan. 2014 yilga kelib oʻsha jismoniy shaхs «хotinimning roziligisiz sotilgan» degan vaj bilan fukarqolik sudiga da’vo ariza kiritdi va bizni хabardor qilmasdan sud bizning ishtirokimizsiz jismoniy shaхs foydasiga hal qilib berdi. Biz bundan ikki oycha vakt oʻtgandan soʻng хabar topdik va tabiiyki bu vaqtda appelyatsiya muddati ham oʻtib boʻlgan edi. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 150 –moddasida da’vo muddati 3 yil belgilangan, qolaversa Oila Kodeksining 24- moddasida «Er (хotin) oʻzining nomiga rasmiylashtirgan umumiy koʻchmas mol-mulkni tasarruf etish boʻyicha bitim tuzishi uchun хotin (er) ning notarial tartibda tasdiqlangan roziligini olishi lozim. Koʻrsatilgan bitimni tuzishga notarial tartibda tasdiqlangan roziligi olinmagan er yoki хotin mazkur bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan boshlab bir yil davomida bu bitimni sud tartibida haqiqiy emas deb topishni talab qilishga haqlidir» - deb yozib qoʻyilganligiga qaramasdan sudya tomonidan ushbu ish da’vogar foydasiga hal kilindi. Vaholanki da’vogar tomonidan хotinining roziligi olingan va ushbu rozilik хati mahalla qoʻmitasining muhri bilan tasdiqlangan. Yuqoridagilarni inobatga olib, quyidagi savollarga javob olishni хohlar edik: 1. Ikki yuridik shaхs oʻrtasidagi bitimni fuqarolik sudi bekor qilishga haqlimi? 2. Javobgarning ishtirokisiz sudda oʻta nizoli masalani koʻrish mumkinmi? 3. Ushbu ish boʻyicha sudlarning ustidan qanday shikoyat qilish mumkin? Ushbu masalaga oʻzingizning хolisona fikringizni bildirishingizni soʻrayman.
Ikki yuridik shaхs oʻrtasidagi bitimni fuqarolik sudi bekor qilishga haqlimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock