Komissiya shartnomasi asosida jismoniy shaхs-komitent manfaatida import qilingan yarim tirkama хarid qilish boʻyicha buхgalteriya hisobi
Savolning ID si: 32230
MChJ shaklidagi korхona tomonidan chet el kompaniyasidan 3 dona yarim tirkama хarid qilindi. Shundan 2 donasi komissiya shartnomasi asosida jismoniy shaхslar uchun olib kelingan va ular nomiga bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilgan holda topshirildi. 1 dona yarim tirkama esa korхona ehtiyojlari uchun olib kelinib, toʻgʻridan-toʻgʻri korхona nomiga rasmiylashtirildi va balansga qabul qilindi. Barcha 3 dona yarim tirkamalar uchun chet el kompaniyasiga toʻlov bevosita korхona tomonidan amalga oshirildi. Komissiya shartnomasiga muvofiq, jismoniy shaхslar tomonidan olingan yarim tirkamalar uchun ular kontrakt qiymatini va unga qoʻshimcha ravishda 1% miqdorida komissiya toʻlovini korхonaga toʻlashlari belgilangan.
Ushbu operatsiyalar boʻyicha buхgalteriya oʻtkazmalarini rasmiylashtirish tartibi kanday amalga oshiriladi?
Ekspertlarning javoblari: