Ikkinchi farzand uchun homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani hisoblash
Savolning ID si: 32480
Xodima 2022 yil 5 avgust kuni ishga qabul qilingan. 2023 yil 25 yanvarda homiladorlik va tugʻish nafaqasiga chiqqan. Xodimaning mehnat staji uzluksiz 6 oyga yetib bormaganligi uchun homiladorlik va tugʻish nafaqasi bir qismi davlat tomonidan qoplab berilmagan, korхona toʻlab bergan. 2023 yil 1 iyundan bolani 2 yoshgacha parvarishlash ta’tiliga chiqarilgan. Ushbu nafaqa ham korхona tomonidan toʻlab berilgan. 2025 yil 22 apreldan ishga qaytgan. Birinchi farzandi uchun korхona tomonidan homiladorlik va bolani parvarishlash nafaqasi toʻlab berilgan. Hozirda ikkinchi farzandiga homilador va shu kunlarda homidorlik va tugʻish ta’tiliga chiqish arafasida. Xodimning mehnat stavkasi 0,5. Okladi 600 000 soʻm.
1. Ikkinchi farzandi uchun homiladorlik ta’tiliga chiqishda homiladorlik va tugʻish nafaqasi qanday hisoblanadi?
2. Xodimaning homiladorlik va tugʻish ta’tili tugagach, 2-farzandi uchun 2 yoshgacha bolani parvarishlash nafaqasini toʻlab berish mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari: