Oʻzbekiston xududida xalqaro toʻlov tizimlari orqali hisob-kitoblar

Savolning ID si: 32584
Norezident boʻlgan chet el fuqarolari bilan xususiy turar joy hisoblangan talabalar turar joyidan foydalanish (ijara) shartnomasini tuzilishi rejalashtirilmoqda. “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar koʻrsatish), ularning bajarilish (koʻrsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) eksport hisoblanadi. Biroq, “Valyuta munosabatlarini tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasida belgilanishicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bogʻlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun barcha hisob-kitoblar va toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida amalga oshiriladi, bundan ushbu Qonun bilan nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Norezident jismoniy shaxs boʻlgan chet el fuqarosi bilan tuziladigan ijara yoki turar joydan foydalanish shartnomasi xorijiy valyutada tuzilsa, mazkur shartnoma amaldagi qonunchilikka muvofiq qonuniy hisoblanadimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock