Savolning ID si: 3275
Korхonamiz mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil qilingan boʻlib, avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari orqali avtomobillarga siqilgan gaz(metan)ni nakd pulga, plastik karta va pul oʻtkazish yoʻli bilan sotadi. Jamiyatimiz metan gaz sotish faoliyatini boshlagunga qadar Yagona soliq toʻlovini yer soligʻining uch baravaridan kam boʻlmagan miqdorida toʻlab kelgan. Yer ajratish toʻgʻrisidagi hokim qarori qabul qilinganidan keyin tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi jamiyatimizga yer soligʻi hajmini oʻlchab berdi va dalolatnoma rasmiylashtirdi. Shundan soʻng biz ushbu yer hajmini YaST uchun bazaviy miqdorni hisoblashda inobatga oldik, AGTKSlari har bir m3 gaz uchun Avtogaz UKga 400 soʻm miqdorida investitsiya ustama haqi toʻlaymiz.
1. Oʻz balansida AGTKS (avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyasi) mavjud boʻlgan korхona uchun YaSTni hisoblab chiqarish tartibi qanday? YaST boʻyicha soliq solinadigan bazadan siqilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq va investitsiya ustama haqi chegiriladimi? Bunda plastik kartalar qoʻllangan holda tushgan tushum 5 foizga kamaytiriladimi?
2. Agar korхonaga yer soligʻining uch baravaridan kam boʻlmagan miqdorida YaST toʻlash tartibi tatbiq etilsa, YaST eng kam miqdorining Ma’lumotnoma-hisob-kitobiga qaysi paytdan e’tiboran oʻzgartirishlar kiritiladi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.