Lizingga berishda QQS
Savolning ID si: 33641
Kompaniya keyinchalik tadbirkorlik sub’yektiga lizinga berish uchun tijorat bankidan bino-inshoot sotib oldi. Ushbu bino-inshootni tijorat banki tadbirkorlik sub’yekti tomonidan majburiyatlari bajarilmaganligi sababli (garovga qoʻyilgan bino-inshoot boʻlgan) balansiga kirim qilgan. Tijorat banki Kompaniyaga bino-inshootni realizatsiya qilayotgan paytda QQSni SKning 248-moddasiga asosan bino-inshootni realizatsiya qilish narhi va balansga olish chogʻidagi qiymati oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib hisoblamoqda.
1. Tijorat banki tomonidan QQS SKning yuqoridagi moddasiga asosan aniqlashi toʻgʻrimi?
2. Agar tijorat banki tomonidan QQS toʻgʻri aniqlangan boʻlsa, Kompaniya tomonidan ushbu bino-inshootni lizing oluvchiga lizinga berganda QQS qanday aniqlanadi, ya’ni 248-modda talablari Kompaniyaga ham tadbiq etiladimi?
Ekspertlarning javoblari: