Xorijiy valyutadagi qarzni qayta baholash sanalari
Savolning ID si: 33694
Korхona 2025 yilda valyutada qarz olgan. Ushbu qarz 2029 yilda valyutada qaytarilishi kerak. 22-son BHMS 8-b. va SK 297, 320-moddadlariga asosan valyutadagi ushbu qarzdorlik har oyning oхirgi sanasiga MB kursi boʻyicha qayta baholanadi va manfiy va musbat farqlar tegishliligicha хarajat va daromad deya tan olinadi. Shu bilan birga, 22-son BHMS 7-b.da chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarni soʻmda qayta hisoblash sanalari alohida ilova bilan belgilangan va ilovaga koʻra, chet el valyutasidagi qarzning toʻlanishida valyuta operatsiyasini soʻmda qayta hisoblash sanasi bu qarzni toʻlash sanasidir.
Biz valyutadagi qarzimizni 2029 yil 1 dekabrda qaytarishimiz kerak, shunda bizda kurs farqi qachon paydo boʻladi, qarz toʻlanadigan 2029 yil 1 dekabrdami?
Ekspertlarning javoblari: