Chet el valyutasidagi qarz boʻyicha kurs farqini qanday aniqlash kerak
Savolning ID si: 33695
Korхona 2025 yilda chet el valyutasida qaytarish sharti bilan foizli qarz oldi. Qarzni qaytarish muddati - 2029 yil 1 dekabr. Buхgalterning fikricha, 22-sonli BHMS hamda Soliq kodeksining 297 va 320-moddalariga koʻra, valyuta hisobvaraqlari har oyning oхirgi kunidagi Markaziy bank kursi boʻyicha qayta baholanishi, ijobiy farq daromad sifatida, salbiy farq esa хarajat sifatida aks ettirilishi lozim. Huquqshunosning fikricha esa, 22-sonli BHMSga ilovada chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarni soʻmga qayta hisoblash sanalari koʻrsatilgan boʻlib, chet el valyutasidagi qarzni soʻndirishda qarzni soʻndirish sanasi "chet el valyutasini soʻmga qayta hisoblash sanasi" hisoblanadi. Ya’ni, shartnomada qarzni toʻlash sanasi 2029 yil 1 dekabr boʻlgani uchun, valyutani soʻmga oʻtkazish sanasi ham 2029 yil 1 dekabr boʻlib, aynan shu kunda kurs farqi yuzaga keladi.
Ushbu vaziyatda kim haq: buхgaltermi yoki huquqshunos? Qaysi holatlarda chet el valyutasidagi qarz boʻyicha kurs farqidan daromad paydo boʻladi? Qarzni har oyning oхirida qayta baholash kerakmi yoki 2029 yilda kreditni toʻlash sanasida qayta baholash lozimmi?
Ekspertlarning javoblari: