Savolning ID si: 3390
X-korxonasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda XXTUT 81100 (tayyorlov tashkiloti) kodi berildi. U jismoniy shaxslardan goʻsht va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta sotish maqsadida (oxirgi iste’molchiga tayyor shaklda) sotib oladi. Jismoniy shaxslar bilan hisob-kitob ularning plastik kartalariga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Mahsulotlarning asosiy qismi (ya’ni 75-80 foizi) sanatoriya va xoʻjalik sub’yektlariga yetkazib beriladi. X-korxonasi YaST toʻlovchisi boʻlgan holda soliqni haq summasidan (tovarlarning xarid qiymati bilan sotish qiymati oʻrtasidagi farq sifatida hisoblab chiqarilgan yalpi daromaddan) 33 foiz stavka boʻyicha hisoblab chiqaradi. Masalan, X-korxonasi jismoniy shaxslardan goʻsht va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini 1000 soʻmdan sotib olib boshqa xoʻjalik sub’yektlariga 1100 soʻmdan sotadi, bunda xarid qiymati bilan sotish qiymati oʻrtasidagi farq (100 soʻm) 33 foiz stavka boʻyicha soliqqa tortiladi hamda soliq summasi 33 soʻmni tashkil qiladi. Biroq, Prezidentning 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-1449-son qaroriga asosan 2011 yilning 1 yanvaridan boshlab shunday tartib oʻrnatildiki, unga koʻra ta’minot-sotish tashkilotlarining faoliyati ulgurji savdo sifatida qaraladi hamda ularga ulgurji savdo korxonalari uchun nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish va soliq solish huquqiy normalari joriy etiladi.
Prezidentning 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-1449-son qarori 6-bandiga asosan X-korxonasi ulgurji savdo faoliyati uchun litsenziya olishi hamda Prezidentning 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son qarori 5-bandiga koʻra oʻtkazilgan savdo operatsiyalaridan tushadigan summaning 5 foizi miqdorida yagona soliq toʻlovi boʻyicha avans toʻlovlarini toʻlashi kerakmi? Tayyorlov va ta’minot-sotish tashkilotlari oʻrtasidagi farq nimada?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock