Koʻchmas mulk bilan birga yerga tegishli huquq ham oʻtadi
Savolning ID si: 34858
Yangi tashkil qilingan MChJ 2026 yil 29 oktyabrda "Onlayn auksionlarni tashkil etish" AJ dan ishlab chiqarish majmuasini 6 mlrd soʻmga yutib oldi. Gʻoliblik bayonnomasi rasmiylashtirilgan. Mazkur ishlab chiqarish majmuasi tijorat bankining balansida boʻlgan. Onlayn auksionlarga chiqarishdan oldin tijorat banki majmuani baholash korхonasi orqali baholagan. Baholash hisobotida esa majmuaning bahosi 7 mlrd soʻm deb koʻrsatilgan. Majmuaga bino va inshootlar, uskunalar bilan birga yerdan foydalanish huquqi deb 500 mln sum kiritilgan. Gʻoliblik bayonnomasida faqatgina majmuaning sotib olish bahosi deb 6 mlrd soʻm koʻrsatilgan.
MChJ majmuani balansga qanday qabul qiladi? Biz tijorat banki tuzgan baholash hisobotidan foydalanishimiz kerakmi? Unday boʻlsa 1 mlrd soʻm farq qanday aks ettiriladi? Yoki biz oʻzimiz mustaqil baholash oʻtkazishimiz kerak boʻladimi? Yerdan foydalanish huquqini buхgalteriyada qanday aks ettirish mumkin?
Ekspertlarning javoblari: