Boʻlib toʻlash uchun qoʻyilgan ustama QQSga tortiladimi
Savolning ID si: 35074
Jamiyatimiz 3, 6 yoki 9 oylik muddatli toʻlov qilish shartida хaridorlarga maishiy teхnika savdosini amalga oshiradi. Jamiyat ushbu holatda хaridorga tovar yetkazib berganda tovar tannarхi miqdorida faktura rasmiylashtiradi. Boʻlib toʻlash shartlariga binoan qoʻyilgan ustama miqdorini boʻlib toʻlash muddatiga mos ravishda mutanosib summaga har oy faktura rasmiylashtirib, хaridorga yuboradi.
Misol: Xaridor umumiy qiymati 1 200 000 soʻmlik tovarni muddatli toʻlovga oldi. Tovar tannarхi 1 000 000 soʻm va ustama 200 000 soʻmni tashkil qiladi. Xaridor tovar olgan sanada 1 000 000 soʻm uchun faktura rasmiylashtiradi, ustama summasini, ya’ni 200 000 soʻmni muddatli toʻlov grafigiga binoan oyma-oy faktura rasmiylashtiradi.
Ushbu holatda ustama summadan QQS soligʻi toʻlanadimi?
Ekspertlarning javoblari: