Savolning ID si: 3572
Korхonaning avtotransport boʻlimiga qarashli «MAN» yuk avtomobili yuksiz tirkagichda 100 km masofaga, komissiya a’zolari tomonidan tasdiqlangan yoqilgʻi sarfi me’yorlariga muvofiq 28 l yoqilgʻi sarflaydi, tirkagichning vazni bir tonnaga ortsa, 100 km masofa uchun qoʻshimcha 1,3 l yoqilgʻi sarflanadi. Buхgalter yoqilgʻi sarfini hisoblashda garajdan chiqish va kirishdagi spidometrning koʻrsatkichlari oʻrtasidagi tafovutni hisobga oladi va har bir amalda bosib oʻtilgan 100 km masofa uchun me’yor boʻyicha 28 l, hamda vaznning har bir ortgan tonnasi uchun qoʻshimcha tarzda 1,3 l yoqilgʻi sarfini hisoblaydi. Dispetcher esa «MAN» yuk avtomobilining yuksiz tirkagichda bosib oʻtgan har 100 km masofa uchun 28 l va yuk bilan bosib oʻtilgan har 100 km masofa uchun qoʻshimcha tarzda 1,3 l yoqilgʻi sarfini hisoblaydi. Masalan, tirkagichli «MAN» yuk avtomobili 350 km masofani bosib oʻtgan, shundan 150 km masofani 25 tonna miqdordagi yuk bilan bosib oʻtgan. Bu vaziyatda buхgalter quyidagi tarzda hisob-kitob qiladi: (350 km х 28 l) /100 = 98 l, (150km х 25 t х 1,3 l)/100 = 48,75 litr, jami: 146,75 litr (98l + 48,75 l) sarflangan. Dispetcherning hisob-kitobiga koʻra: yuksiz (200 km х 28 l)/100 = 56 l, yuk bilan (150km х 28l х 1,3 l)/100 = 54,6 l, jami: 110,6 l (56 l + 54,6 l) sarflangan.
Yuk avtomobili uchun yoqilgʻi sarfini qanday toʻgʻri hisoblash mumkin?
Ekspertlarning javoblari:
🌸Bahorgi aksiya: 31 martgacha – Buxgalter Pro saytiga 15% chegirma.

Servis imkoniyatlarini baholash va chegirmali tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock