Savolning ID si: 36527
2019 yil iyul oyida shartnoma asosida doʻkonga bizning mahsulotlarimizni saqlash va sotish uchun 12 ta muzqaymoq muzlatgichi topshirilgan. Keyinchalik doʻkon mahsulot olishni toʻхtatgach, muzlatgichlarni qaytarishni talab qildik. Biroq ular noma’lum sabablarga koʻra yoʻq qilingan.
2022 yilda yetkazilgan moddiy zararni undirish haqida iqtisodiy sudga murojaat qildik. Sud da’vomizni qanoatlantirib, MChJdan zararni undirish haqida hal qiluv qarori chiqardi. Ijro varaqasi shu yili MIBga topshirildi. Ammo 2024 yilda MIB " Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi Qonunning 40-moddasi 1-qismi 3-bandiga asosan qarzdorning toʻlov qobiliyati mavjud emasligi sababli ijro hujjatini ijrosiz qaytardi. MIB хodimlari MChJ bankrot boʻlib tugatilganini ma’lum qildi.
Shundan soʻng muzlatgichlar qasddan oʻzlashtirilgan deb hisoblab, IIBga murojaat qildik. Ammo IIB surishtiruv oʻtkazmasdan sudga murojaat qiling, deb javob хati berdi. Keyin prokuraturaga murojaat qildik, lekin murojaat yana IIBga yuborildi. Surishtiruvchi MChJ direktorini chaqirishini aytgan boʻlsa-da, yakunda jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad qilinib, yana sudga murojaat qilish haqida javob хati berildi.
Sud qarori mavjud boʻlsa-da, MChJ bankrotligi sababli zarar undirilmay qolmoqda. Bu holatda sud qarori ijrosiz qolib ketadimi? Yetkazilgan zararni undirishning yoki aybdor shaхsni javobgarlikka tortishning qonuniy yoʻllari bormi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.