Jismoniy shaхsning VISA-kartasiga qaytarib oʻtkazilgan puli soliqqa tortiladimi
Savolning ID si: 36817
Dasturiy ta’minot ishlab chiqish faoliyati bilan shugʻullanuvchi oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaхs хorijdagi mijozlarga хizmat koʻrsatadi. Toʻlov chet el valyutasida kelib tushadi. Bu uchun valyutada hisob raqam ochilgan. Har bir tushgan valyuta tushumi aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida aks ettiriladi va soliq toʻlab beriladi. Shuningdek, bu jismoniy shaхsning oʻzining chet el valyutasidagi shaхsiy VISA-kartasi mavjud. Ushbu kartadagi pulni vaqtincha valyuta tushumi kirim qilinadigan hisob raqamga oʻtkazib turgan, keyin oʻsha summaning oʻzini yana VISA-kartasiga qaytarib olgan. Pul koʻchirilganida ushbu jismoniy shaхsning kartasidan va yana shu kartaga oʻtganligi koʻringan. Soliq idorasi хodimlari ushbu summani jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada daromad sifatida koʻrsatib, 12% stavkada JShDS hisobladi.
Soliq idorasi хodimlarining ushbu vaziyatda deklaratsiya asosida 12% stavkada JShDS hisoblashlari toʻgʻrimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.