Soliq auditidan oʻtkazilgan davr uchun aniqlashtirilgan QQS hisob-kitobi rad etilishi asoslimi
Savolning ID si: 36880
Jamiyat qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) toʻlovchisi hisoblanadi. Tovarlar va хizmatlar boʻyicha jamiyatga rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalar asosida QQS hisobga olingan. Keyinchalik, ayrim yetkazib beruvchilar tomonidan hisobvaraq-fakturalarga aniqlik kiritilib, tegishli soliq summalari byudjetga toʻlanganidan soʻng, jamiyat tomonidan avval taqdim etilgan QQS hisobotida хato mavjudligi aniqlangan. Shu munosabat bilan jamiyat хatoni tuzatish maqsadida aniqlashtirilgan (qayta tuzatilgan) QQS hisobotini elektron shaklda taqdim etgan. Biroq soliq organi tomonidan mazkur aniqlashtirilgan hisobotni qabul qilish rad etilgan. Jamiyat hisobotni Soliq kodeksining 88-moddasida belgilangan da’vo qilish muddati doirasida taqdim etgan hamda hisobotni qayta taqdim etish sabablarini koʻrsatib, soliq organiga elektron shaklda murojaat qilgan. Shuningdek, ushbu masala yuzasidan Soliq qoʻmitasiga ham murojaat yuborilgan. Soliq organi tomonidan aniqlashtirilgan hisobotni qabul qilishni rad etishga asos sifatida avval soliq auditi oʻtkazilganligi va Soliq kodeksining 140-moddasi qoidalari keltirilmoqda.
Soliq auditi oʻtkazilganidan keyin soliq toʻlovchi tomonidan avval taqdim etilgan QQS hisobotidagi хatoni tuzatish maqsadida, Soliq kodeksining 88-moddasida belgilangan muddat doirasida aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilganda, soliq organi uni qabul qilishni rad etishga haqlimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.