Oʻtgan davrlar uchun soliq majburiyatlaridagi хatoliklarni tuzatish
Savolning ID si: 37172
Sanatoriyning 110 metr kvadrat noturar joy binosi 01.12.2025 yildan 01.12.2026 yilga qadar reabilitatsiya markaziga ijaraga berilgan. 1 oylik ijara toʻlovi 1 210 000 soʻm, eng kam stavka – 11 000 soʻmdan hisoblangan. Reabilitatsiya markazi 2025 yil noyabr oyidan 2026 yil 1 oktyabrga qadar faoliyat yurgizmadi. 2026 yilda reabilitatsiya markazi faoliyat yuritmaganligi sababli soliq hisobotlari ham nol koʻrsatgich bilan yuborgan. Ijara shartnomasi Ye-ijara tizimida roʻyхatga qoʻyilgan, lekin reabilitatsiya markazi faoliyat yuritmaganligi sababli ijara toʻlovlarini ham amalga oshirmagan va sanatoriy ham unga EHF joʻnatmagan. Soliq organlari tomonidan hozirda bir qancha e’tirozlar bildirilmoqda, ya’ni ijara haqi eng kam stavkadan ham kam miqdorda belgilangan va buning natijasida QQS va foyda soligʻida farq kelib chiqishi aytilmoqda.
Soliq organining e’tiroziga nisbatan nima qilish kerak? Sanatoriy noturar binoni 2025 yilning dekabr oyi uchun 1 oyga tekin ijaraga berib, 2026 yil uchun ijara toʻlovining eng kam stavkasi boʻyicha qayta tuzishi yoki qoʻshimcha oʻzgartirish kiritishi mumkinmi? Faoliyat yuritilmagan davrda toʻlanmagan ijara toʻlovlari, EHF berish tartibi qanday?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.