Foyda soligʻini 50% pasaytirilgan stavkada toʻlash
Savolning ID si: 37276
Korхonamiz 2025 yilda ilk bor aylanmadan olinadigan soliqdan QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan. Shu sababli SK-337-moddasi 8-qismi ikkinchi хatboshisiga asosan, 104143 kodli imtiyozdan foydalangan holda foyda soligʻini 50 foizga pasaytirilgan stavkada toʻlab kelmoqdamiz. Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra, hozirda ushbu imtiyoz mavjud emas. Yangi tahrirga koʻra, 2022 yil 1 sentyabrdan keyin jami daromadi joriy soliq davrida ilk bor 10 milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar (Soliq kodeksining mazkur moddasi 13-qismida nazarda tutilgan soliq toʻlovchilar bundan mustasno) ushbu moddaning 1-qismi 12-bandida belgilangan soliq stavkasini joriy va keyingi soliq davrlari mobaynida 50 foizga pasaytirish huquqiga ega. Bunda pasaytirilgan soliq stavkasi qoʻllaniladigan soliq davrlarida jami daromad 100 milliard soʻmdan oshmasligi lozim. Biroq, hozirda qoʻllanayotgan imtiyozga koʻra, joriy soliq davrida jami daromadimiz 10 milliard soʻmdan oshmasligi kerak.
Agar korхonaning jami daromadi 2026 yilda ilk bor 10 milliard soʻmdan oshsa, 2027 yilda ham amaldagi imtiyozni saqlab qolgan holda foyda soligʻini 50 foizga pasaytirilgan stavkada toʻlashimiz mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.