QQS bazasini toʻgʻrilash uchun rasmiylashtirilgan EHFni foyda soligʻi hisob-kitobida aks ettirish
Savolning ID si: 37364
Jamiyat import qilingan tovarlarni bojxona qiymatidan past narxda sotgan. Shu munosabat bilan, SKning 248-moddasi beshinchi qismiga asosan (import qilishda amalda toʻlangan QQS summasidan kam boʻlmagan miqdorda QQS hisoblanishi lozimligi sababli), QQS bazasini toʻgʻrilash maqsadida bir tomonlama elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilgan.
Ushbu bir tomonlama hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishdan maqsad QQSni toʻgʻri hisoblash va toʻlashdan iborat. Biroq, mazkur hisobvaraq-fakturada aks ettirilgan summa (tovarni bojxona qiymatidan past narxda sotish natijasida yuzaga kelgan farq) foyda soligʻini hisoblashda ham jami daromad tarkibiga kiritilmoqda.
Jamiyatning fikricha, ushbu hisobvaraq-faktura summasi foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmasligi lozim.
Ushbu bir tomonlama hisobvaraq-faktura summasini foyda soligʻi hisobotida jami daromaddan qanday tartibda chiqarib tashlash mumkin?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.