Savolning ID si: 3754
1.Yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi hisoblanadigan tashkilot - koʻp tarmoqli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi 2015 yil fevral oyida lizing shartnomasi boʻyicha 2015 yilda ishlab chiqarilgan 30 tonnagacha yuk koʻtaradigan import uskuna - Avtokranni 535 000 000 soʻmga sotib oldi. Faoliyat turini kengaytirib, tashkilot iyun oyidan boshlab shartnoma boʻyicha tashkilot va korxonalarga avtokran xizmati koʻrsatishni boshladi.
Sotib olingan uskunaning TIF TN boʻyicha kodi 8705 10 0090 boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar Roʻyxatiga kiradi.
Tashkilotimizda soliq solish bazasi 2 300 000 000 soʻmni (chakana va ulgurji savdo 2 000 000 000 soʻmni, Avtokran xizmatlari 300 000 000 soʻmni) tashkil qiladi.
2.Avtomobillarga yoqilgi quyish shoxobchasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 dekabrdagi 177-son qaroriga asosan import suyuq uglevodorod xom ashyosidan qayta ishlangan avtobenzinni tijorat narxlarida - har bir litrini 3000 soʻmdan olib, 3000 soʻmga realizatsiya qiladi. Neft bazasi tijorat narxida sotilgan avtobenzinni sotib berganimiz uchun biz taqdim qilgan hisobvarak-fakturaga asosan har bir litriga 203 soʻmdan xizmat haqi toʻlab bermoqda.
1. Yangi import uskunasini foydalanishga kiritgan savdo tashkiloti YaST boʻyicha soliq solish bazasini 25 foizga kamaytirishda ifodalanadigan soliq imtiyozidan foydalanishi mumkinmi?
2. Avtobenzin realizatsiya qilingani uchun olingan haq summasidan qaysi soliq turini toʻlash lozim?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.