Savolning ID si: 3783
Ma’suliyati cheklangan jamiyatda direktor mazkur jamiyatning menejer lavozimiga, jamiyat menejeri jamiyat direktori lavozimiga oʻtkazilmoqda.
Ushbu holat boʻyicha quyidagi savollarga javob bersangiz:
1).Jamiyat direktori bilan mehnat shartnomasi ta’sischilar qaroriga asosan bekor qilinganidan soʻng, yangi tayinlangan jamiyat direktorining buyrugʻi bilan sobiq direktor menejer lavozimiga qabul qilinadimi?
2).Jamiyat menejeri ta’sischilarning qaroriga asosan direktorlikka tayinlansa, uning menejerlik lavozimidan boʻshatish tartibi qanday amalga oshiriladi?
3).Agar jamiyat direktori va menejerlari bilan mehnat shartnomalari bekor qilinib, yangidan lavozimlarga tayinlanadigan boʻlsalar ularga Mehnat kodeksiga asosan yakuniy hisob-kitoblar amalga oshiriladimi?
4).MChJ direktori tayinlanganligi toʻgʻrisdagi qaror tuman (shahar) hokimliklari huzurida Tadbirkorlik sub’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish inspeksiyalaridan roʻyхatdan oʻtkaziladimi?
Ma’suliyati cheklangan jamiyatda direktor mazkur jamiyatning menejer lavozimiga, jamiyat menejeri jamiyat direktori lavozimiga oʻtkazilmoqda. Jamiyat direktori bilan mehnat shartnomasi ta’sischilar qaroriga asosan bekor qilinganidan soʻng, yangi tayinlangan jamiyat direktorining buyrugʻi bilan sobiq direktor menejer lavozimiga qabul qilinadimi?
Ekspertlarning javoblari: