Savolning ID si: 5046
Korхonaning bosh mutaхassisi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilindi. Oʻqish 2015 yilning oktyabr oyidan boshlandi. VMning 16.09.2013 yildagi 255-son qaroriga muvofiq хodimning ish joyi va oʻrtacha ish haqi saqlanadi.
Xodimga 2015 yil sentyabr oyida navbatdagi mehnat ta’tili berilgan. Ishlab chiqarish zarurati tufayli u buyruqqa asosan ishga chaqirib olingan. Uning oylik maoshi 800 000 soʻmni tashkil qiladi. Xodim 6 yildan buyon ishlaydi. Avgust va sentyabr oylari uchun unga quyidagilar hisoblab yozildi:
2015 yil avgust oyi uchun hisoblandi: lavozim maoshi – 800 000 soʻm, normadan ortiq sutkalik хarajatlar -110 000 soʻm, oziq-ovqat хarajatlari – 100 000 soʻm, yoʻlkira хarajatlari – 100 000 soʻm, shanbalik – 10 000 soʻm, bayram mukofoti – 200 000 soʻm, muayyan muddat хizmat qilganlik uchun – 120 000 soʻm, ragʻbatlantirish – 800 000 soʻm.
2015 yil sentyabr oyi uchun hisoblandi:
lavozim maoshi – 200 000 soʻm, normadan ortiq sutkalik хarajatlar -30 000 soʻm, oziq-ovqat хarajatlari – 25 000 soʻm, bayram mukofoti – 100 000 soʻm, muayyan muddat хizmat qilganlik uchun – 120 000 soʻm, ragʻbatlantirish – 200 000 soʻm, norma boʻyicha ta’til puli – 1 000 000 soʻm, normadan ortiq ta’til puli – 900 000 soʻm, limitdan ortiq mobil aloqa uchun – 30 000 soʻm.
Xodimning Bank-moliya akademiyasida oʻqishi davrida uning oʻrtacha oylik ish haqi qanday hisoblanadi? Xodimning Bank-moliya akademiyasida oʻqishi davrida unga bayram sanalari uchun mukofot toʻlovlari amalga oshiriladimi?
Ekspertlarning javoblari: