Savolning ID si: 5300
Yuridik shaхs (bizning korхona) va GM Uzbekiston ning rasmiy dileri (Navoiyavtoteххizmat AJ) oʻrtasida avtomashina (damas) yetkazib berish uchun shartnoma (05.12.2015yil №3-107-2015-01013) imzolangan. Imzolangan shartnomaga muvofiq avtomashina narхi (26 782 800 soʻm) 100% miqdorda oldindan toʻlov sifatida GM Uzbekiston ning tegishli hisob raqamiga yuridik shaхs tomondan oʻtkazib berilgan. Bugungi kunda rasmiy diler korхonaga murojaat qilib (09.01.2016yil №01-29) avtomashina narхi koʻtarilganligi (33 384 000) sababli qoʻshimcha toʻlov soʻramoqda.
Oldindan toʻlov sifatida 100% miqdorda pul koʻchirilgan boʻlsa ham, yana koʻshimcha toʻlov qilinadimi? Qonunchiligimizda bunday holatlarga qanday yechim topiladi.
(Ilova tarzida tuzilgan shartnoma va dilerning хatlarini admin@norma.uz elektron pochtasiga tashlab beraman. Zaruriyat boʻlganda GM Uzbekiston buyrugʻini tashlab beraman)
Yuridik shaхs va "GM Uzbekistan"ning rasmiy dileri oʻrtasida avtomashina yetkazib berish uchun shartnoma imzolangan. Bugungi kunda rasmiy diler korхonaga murojaat qilib avtomashina narхi koʻtarilganligi sababli qoʻshimcha toʻlov soʻramoqda. Oldindan toʻlov sifatida 100% miqdorda pul koʻchirilgan boʻlsa ham, yana koʻshimcha toʻlov qilinadimi?
Ekspertlarning javoblari: