Savolning ID si: 5327
Bosh mutaхassis Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilindi. Oʻqish 2015 yil oktyabr oyida boshlandi. VMning 16.09.2013 yildagi 255-son qaroriga muvofiq tinglovchilarning asosiy ish joyi va oʻrtacha ish haqi miqdori oʻqish muddati mobaynida saqlanadi. 2015 yil sentyabr oyida хodimga navbatdagi mehnat ta’tili berildi. Avgust-sentyabr oylarida unga quyidagilar hisoblandi:
2015 yil avgust oyi uchun – jami 1 030 119 soʻm hisoblandi, shu jumladan: lavozim maoshi – 828 303 soʻm, MRJ – 201 816 soʻm;
2015 yil sentyabr oyi uchun – jami 2 455 271 soʻm hisoblandi, shu jumladan: lavozim maoshi – 318 896 soʻm, MRJ – 53 940 soʻm, ta’til puli – 1 171 302 soʻm, moddiy yordam – 911 133 soʻm.
Xodimning Bank-moliya akademiyasida oʻqish davrida uning oʻrtacha oylik ish haqi qanday hisoblab chiqariladi? Xodimning oʻqish davrida unga bayram mukofotlari va chorak yakunlari boʻyicha mukofotlar toʻlanadimi? Hisoblab chiqarilgan oʻrtacha ish haqi oʻqish tugaguncha oʻzgarishsiz qoladimi?
Ekspertlarning javoblari: