Savolning ID si: 5623
2006 yil 6 iyunda 55 yoshga toʻlganligim sababli Ijtimoiy ta’minot boʻlimiga menga imtiyozli pensiya tayinlashlarini soʻrab ariza bilan murojaat qildim. Arizamga yetti oy oʻtgandan soʻng asossiz rad javobi berildi.
3 yil ovoragarchilikdan soʻng Ijtimoiy ta’minot boʻlimining 2009 yil 1 iyuldagi 948-son qarori bilan menga 2009 yil 8 apreldan boshlab 41,5 yillik ish staji bilan yoshga doir imtiyozli pensiya tayinlandi.
2006 yil 6 iyundan 2009 yil 8 aprelgacha davr uchun toʻlanmay qolgan pensiya pulini undirib berish uchun fuqarolik sudiga murojaat qildim.
Fuqarolik sudining 2014 yil 15 iyul qarori bilan Ijtimoiy ta’minot boʻlimining хatti-harakatini gʻayriqonuniy deb topib, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimi zimmasiga 2006 yil 6 iyundan 2009 yil 8 aprelgacha davr uchun pensiya pulini hisoblab, toʻlovni amalga oshirish majburiyatini yukladi.
Byudjetdan tashkari pensiya jamgʻarmasi boʻlimi toʻlovni amalga oshirish uchun 2009 yil 8 aprelda 41,5 yil ish staji bilan tayinlangan pensiyani bekor qilib, 2006 yil 6 iyundan ish stajidan uch yilni olib tashlab, ya’ni 38,5 yil ish staji bilan qayta pensiya tayinladi va shu harakati bilan menga iqtisodiy zarar yetkazdi.
Qaysi qonunga asoslanib 2009 yil 8 aprelda tayinlangan pensiyani bekor qilib, 2006 yil 6 iyundan pensiya tayinlangan?
Ekspertlarning javoblari: