Savolning ID si: 5773
Korxonamizning asosiy faoliyati yuridik shaxslarga lizing xizmati koʻrsatishdan iborat. Shuningdek, korxonamiz balansida qurib bitkazilgan bino boʻlib, mazkur binodagi xonalar ijara shartnomasi asosida boshqa yuridik shaxslarga foydalanishga beriladi. 10.05.2012 yildagi 1754-sonli Prezident Qarorining 5-ilovasiga muvofiq, lizing xizmatlari koʻrsatishdan olingan daromadlar 2017 yil 1 yanvarga qadar yagona soliq toʻlovi toʻlashdan ozod qilingan. Ushbu Qarorning 5-ilovasiga muvofiq, mikrofirma va kichik tadbirkorlik sub’yektlarining umumiy tushumlari hajmida soliq imtiyozlari qoʻllaniladigan tushum summasi 80 % va undan ziyod boʻlgan taqdirdagina xoʻjalik sub’yektining barcha daromadlari yagona soliq toʻlovidan ozod qilinishi koʻrsatib oʻtilgan. 2016 yil yanvar oyi mobaynida korxonamiz umumiy tushum hajmida lizing ulushi (imtiyoz qoʻllaniladigan) 80,45 foizni, ijara faoliyatidan olingan tushum ulushi 19,55 foizni tashkil qilgan. 2016 yil fevral oyi mobaynida korxonamiz umumiy tushum hajmida lizing ulushi (imtiyoz qoʻllaniladigan) 78,95 foizni, ijara faoliyatidan olingan tushum ulushi 21,05 foizni tashkil qilgan. 2016 yil yanvar-fevral oylari uchun (yil boshidan oʻsib boruvchi yakun tartibida) jami daromad hajmida lizing ulushi 79,96 foizni, ijara tushumi ulushi 20,04 foizni tashkil qilgan.
Lizing xizmatlarini koʻrsatuvchi korxonalarning yil davomida ushbu xizmatlar ulushi yalpi tushumda oʻzgarib tursa ularga berilgan yagona soliq toʻlovi imtiyozidan foydalanish tartibi qanday boʻladi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock