Savolning ID si: 6029
"Oʻzstandart" agentligi "Metrologiya xizmatlarini koʻrsatish markazi" davlat korxonasi ("MXKM"DK)jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida metrologiya xizmatlari, ya’ni, oʻlchash vositalarini davlat qiyoslovidan oʻtkazish, sertifikatlashtirish kabi xizmatlar koʻrsatadi, Yuridik shaxslar tomonidan shartnoma asosida oldindan 100 foiz toʻlov amalga oshirilganidan va mavjud oʻlchash vositalari, priborlari yetkazib berilganidan keyin 15 ish kunida xizmatlar koʻrsatiladi. Ayrim hollarda yuridik shaxslar tomonidan shartnomaga koʻra 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshirilib, oʻlchash vositalari, priborlari yetkazib berilmaganligi uchun xizmatlar koʻrsatish imkoniyati boʻlmay qoladi. Shartnomaga koʻra "MXKM" DK ning metrologik xizmat koʻrsatish majburiyati 2-tomon majburiyatlarini bajarganidan keyin, ya’ni, 100 foiz toʻlov amalga oshirilganidan hamda oʻlchash vositasi, priborlari yetkazib berilganildan keyin kelib chiqadi. Shunday holda qayd etilgani kabi ayrim yuridik shaxslar shartnoma tuzib, 100 foizni toʻlovni amalga oshirib, oʻlchash vositalari, priborlarini yetkazib bermaganligi tufayli "MXKM"DKning majburiyatlari kelib chiqmaydi va oʻtkazilgan 100 foiz toʻlov ham qaytarilmasdan qolib, shartnoma muddati tugaydi. Bunday holatda kreditorlik qarzining vujudga kelgan vaqtini qanday hisoblash mumkin.100 foiz toʻlov amalga oshirilgani uchun kreditorlik qarz vujudga keldi deb hisoblash uchun korxonaning oʻlchash vositalari yetkazib berilmaganligi uchun "MXKM"DKning majburiyati yuzaga chiqmagan va va xizmatni bajarishning imkoni ham boʻlmaydi.Lekin, kreditorlik qarz hisoblanib keladi. Korxona 100 foiz toʻlovni amalga oshirib, 90 kun oʻtib ketganidan keyin ham, muddati oʻtgan kreditorlik qarzi kelib chiqqanidan keyin oʻlchash vositalarini olib keladi va bizning korxona tomonidan xizmat koʻrsatib beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.05.1995 yildagi 1154-sonli farmonining 2-bandida faqat muddati oʻtgan debitorlik qarzlariga yoʻl qoʻygan korxona rahbarlariga chora koʻrilishi belgilangan.24.01.1996 yildagi 1363-sonli farmonga koʻra muddati oʻtgan kreditorli
Qayd etilgan holat tarifiga koʻra shartnoma tuzgan korxona tomonidan 100 foiz toʻlov oldindan amalga oshirilganidan keyin oʻlchov vositasini yetkazib bermaganligi uchun "MXKM"DK korxonasining shartnomaviy majburiyati kelib chiqmagan boʻlsa, Qaysi normativ hujjatga asosan kreditorlik qarzi qachon vujudga keladi, qachon muddati oʻtgan kreditorlik qarzi deb hisoblanadi.Shartnomaga koʻra majburiyat kelib chiqmagan boʻlsa, shartnomaning 2-tomoni hisoblangan korxona pul oʻtkazganildan keyin keyingi majburiyati boʻlgan oʻlchash vositasini yetkazib bermagan boʻlsa, "MXKM"DK rahbarlarining ma’muriy javobgarligi kelib chiqadimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock